1-YANVARDAN BOSHLAB BARCHA MAKTABLARDA “YOSHLAR YETAKCHISI” 1 SHTAT BIRLIGI MIQDORIDA FAOLIYAT YURITADI

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov davlatimiz rahbari tomonidan maktablardagi “Yoshlar yetakchisi” lavozimining stavkasini kamaytirmaslik boʻyicha topshiriq berilgani haqida avvalroq xabar bergandi.

Ushbu vazifalarni soʻzsiz va sifatli amalga oshirish hamda barcha umumtaʼlim muassasalarida “Yoshlar yetakchisi” lavozimi boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida barcha hududiy boshqarmalarga koʻrsatma berildi.

Unga koʻra, 1-yanvardan boshlab barcha umumtaʼlim muassasalarda “Yoshlar yetakchisi” lavozimini 1 shtat birligi miqdorida saqlanishi hamda oylik ish haqi toʻlovlarini toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini qatʼiy nazoratga olinishi topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan